AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga nisbatan ham iqtisodiy choralar ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarida sezilarli siljish kuzatilmasa, V. Zelenskiy ham javobgarlikdan holi emas. Shunga qaramay, AQSh rahbari darhol sanksiyalar joriy etishga shoshilmasligini, avvalo tinchlik bitimi imzolanishini ko‘rishni istashini ta’kidladi.
“Men mojaroni to‘xtatishni istayman, aks holda global iqtisodiy urush yuz beradi. Bu Rossiya uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham og‘ir bo‘ladi. Men buni xohlamayman. Ular uchrashib, kelishuvga erishishlari zarur”, — dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda AQShning asosiy tashqi siyosiy pozitsiyalaridan biri — Rossiya-Ukraina mojarosini muzokaralar orqali yakunlash hamda Yevropada barqarorlikni ta’minlashdir.


