
Hozirgi kunda filmning ayrim jang sahnalari Turkiyaning Gaziantep, Suriyaning Halab shahrida tasvirga olinmoqda.

Ushbu kinoasarda o‘zbek aktyorlari bilan birga taniqli turk aktyorlari Ekrem Ispir, Ahmet Serkan, O‘zturk Sezay va boshqalar rol ijro etyapti.
Badiiy film chegarachilar hayoti, ularning chegara ortidagi mashaqqatli va zahmatli faoliyati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi haqida hikoya qiladi. Shuningdek, film voqealari zamirida bag‘rikenglik, tinchlik, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik va do‘stona munosabatlar kabi oliy tushuncha va qadriyatlar singdirilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, kartina ustida ish olib borayotgan dastlabki ijodiy guruh tarkibi eʼlon qilindi: ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev, ovoz operatori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev, kartina direktori Shohrux Nasimov, liboslar bo‘yicha rassom Nigora Po‘latova.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Tutqunlik” badiiy filmi namoyish etilgani va Mirzo Ulug‘bek haqidagi hujjatli filmining premyerasi bo'lib o'tgani haqida xabar berilgan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova


