1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi

U bungacha viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgandi

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.

 

Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi.

 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

 

Davlatimiz rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика