1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Volodin: Migrantlar ishlash uchun keladi, oilalarini olib kelmasin

Rossiya parlamenti spikeri mehnat migrantlariga oilalarini olib kelmasliklari lozimligini ta’kidladi.

Volodin: Migrantlar ishlash uchun keladi, oilalarini olib kelmasin

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin mamlakatga kelayotgan xorijlik mehnat migrantlariga murojaat qilib, ularni Rossiyaga oilalarini olib kelmaslikka chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar qildi.

 

Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Davlat Dumasida noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq masalalar allaqachon muhokama qilingan hamda aniq takliflar ilgari surilgan.

 

“Mehnat migratsiyasi deganda gap faqat ishlash haqida ketmoqda. Odamlar ishlash uchun kelib, keyin vatanga qaytishlari kerak. Oilalar va bolalarni bu jarayonga jalb qilishning hojati yo‘q, bu boshqa talablarni yuzaga keltiradi”, — deya ta’kidladi spiker.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика