1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Voqea joyiga advokat yuborildi — Migratsiya agentligi

Rossiyada Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga OMON bostirib kirishiga rasmiy izoh berildi.

Voqea joyiga advokat yuborildi — Migratsiya agentligi

Avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Jaloliddin Ahmadaliyevning konserti payti huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari reyd o‘tkazgani va yuzlab odamlar tekshirilgani haqida xabar bergan edik.

 

Holatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 22 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida joylashgan “Korona” ziyofat zalida o‘tkazilgan tadbir vaqtida Rosgvardiya va boshqa huquq-tartibot organlari tomonidan hujjat tekshiruvlari amalga oshirilgan.

 

Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, litsenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborilgan.

 

“Ayni paytda mazkur holat Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi doirasida o‘rganilmoqda”, deyiladi rasmiy izohda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика