1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy samolyotlariga Rossiya ustidan uchish taqiqlanishi mumkin

Bu aviatsiya sohasida siyosiy raqobatning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin.

Xitoy samolyotlariga Rossiya ustidan uchish taqiqlanishi mumkin

AQSh hukumati Xitoy aviakompaniyalarining Rossiya hududi ustidan o‘tuvchi parvozlarini cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Vashington Xitoy kompaniyalariga nisbatan ushbu chorani joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, chunki ayrim aviakompaniyalar Rossiya havo hududidan foydalanib, Yevropaga va Amerika tomon yo‘nalgan reyslarda vaqtni tejab kelmoqda.

 

Agar taqiq joriy qilinsa, bu Xitoyning “Air China”, “China Eastern”, “China Southern” va “Hainan Airlines” kabi yirik tashuvchilariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur qaror, shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi aviatsiya sohasidagi raqobatni yanada kuchaytiradi.

 

Ma’lumki, Rossiya Ukrainada harbiy harakat boshlagach, G‘arb davlatlari o‘z aviakompaniyalariga Rossiya hududi orqali uchishni man etgan edi.

 

Xitoy kompaniyalari esa, sanksiyalarni qo‘llamaganligi sababli, Rossiya havosidan erkin foydalanishda davom etmoqda. Shu bois, ular uchun Yevropa va Amerika yo‘nalishlarida uchish ancha qisqa va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lib qolgan.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar AQSh ushbu cheklovni kuchaytirsa, bu aviatsiya sohasida siyosiy raqobatning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика