Yevropa Ittifoqi Tojikiston hukumati Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan chiqarilgan hibsga olish orderini bajarish majburiyatini ado etmaganini keskin tanqid qildi. Bu haqda Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) bayonotida ma’lum qilindi.
Bayonotda qayd etilishicha, Tojikiston Rim nizomining ishtirokchi davlati sifatida Xalqaro jinoiy sud qarorlariga rioya etishi lozim.
“Yevroittifoq Xalqaro jinoiy sud prokurori tomonidan Ukrainadagi urush jinoyatlarini tergov qilish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda barcha davlatlarni hamkorlikka chorlaydi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumki, Vladimir Putin 9–10-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan sammitda ishtirok etgan. 2023-yil mart oyida XJS Putin va Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan Ukrainadagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish ayblovi bilan hibsga olish orderi chiqargan edi.
Bu Tojikistonning XJS qarorlarini e’tiborsiz qoldirgan ilk holati emas. Bungacha 2024-yil sentyabr oyida Rossiya rahbari Rim nizomini ratifikatsiya qilgan Mo‘g‘ulistonga ham tashrif buyurgan, biroq u yerda ham hibsga olish bo‘yicha hech qanday chora ko‘rilmagan edi.


