1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YouTube Trampga 24,5 million dollar to‘laydi

Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari Kapitoliy voqealari ortidan vaqtincha bloklangan edi.

YouTube Trampga 24,5 million dollar to‘laydi

YouTube platformasi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qo‘zg‘atilgan sud da’vosini hal etish uchun 24,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Da’vo 2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliyda sodir bo‘lgan tartibsizliklardan keyin Trampning akkaunti vaqtinchalik bloklangani bilan bog‘liq.

 

Kelishuvga ko‘ra, 22 million dollar Trust for the National Mall jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, qolgan 2,5 million dollar esa ish bo‘yicha boshqa da’vogarlar – jumladan yozuvchi Naomi Vulf va Amerika konservativ ittifoqiga taqsimlanadi.

 

Shu tariqa YouTube’ga egalik qiluvchi Alphabet Tramp bilan sud jarayonini kelishuv orqali yakunlagan uchinchi yirik texnologik kompaniya bo‘ldi. Avvalroq, Meta Platforms Trampning Facebook akkaunti bilan bog‘liq da’voni 25 million dollar, X Company (sobiq Twitter) esa 10 million dollar to‘lash orqali hal qilgan edi.

 

Trampning Facebook, Instagram, YouTube va Twitter sahifalari 2021-yil yanvar oyida tarafdorlari tomonidan Kapitoliy binosiga hujum uyushtirilganidan so‘ng vaqtincha bloklangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика