Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi majlisida Xitoyning Rossiya ustidan ta’siriga alohida urg‘u qaratdi.
Uning ta’kidlashicha, agar Xitoy xohlasa, Moskvani bosqinni to‘xtatishga majbur qilishi mumkin. Zelenskiy “Xitoysiz Putinning Rossiyasi hech narsa emas”, deya ta’kidladi.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Xitoyning ko‘pincha jim turishini va faol tinchlikparvarlik tashabbuslarini ilgari surmayotganini tanqid qildi.
Pekin esa o‘zini ixtilofni hal etishda xolis vositachi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda hamda Rossiyaga harbiy yordam berayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib keladi. Xitoyning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Geng Shuangning bayonotiga ko‘ra, “Xitoy inqirozning ilk kunlaridanoq ob’ektiv pozitsiyani egallab, muzokaralar orqali siyosiy yechim topishni qo‘llab-quvvatlagan”.


