Zilziladan so‘ng Suriya xalqi birinchi navbatda ichimlik suvi va oziq-ovqatga ehtiyoj sezmoqda. Bu haqda YUNISEF‘ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqaviy bo‘limi raisi Ammar Ammar maʼlum qildi.
“Agar hozirning o‘zida choralar ko‘rilmasa, millionlab odamlarga daxl qiladigan epidemiya paydo bo‘lish xavfi bor”, – degan u.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya va Suriyada 7.8 balli zilzila yuz berdi. hozirda ikki davlatda jami 23 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.
BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Suriyadagi vaziyatni halokatli deb atagan.


