Жаҳон

Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar haqida bir-biriga zid xabarlar kelib tushmoqda – OAV

AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha bir-biriga zid xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar haqida bir-biriga zid xabarlar kelib tushmoqda – OAV

AQSH va arab ommaviy axborot vositalari tomonlar Eron va Hormuz bo‘g‘ozi blokadasini bekor qilish, shuningdek, sulhni 60 kunga uzaytirishni nazarda tutuvchi memorandum bo‘yicha kelishuvga yaqinlashganini yozmoqda.

 

Al Hadath manbalariga ko‘ra, Tehron va Vashington o‘rtasidagi dastlabki kelishuv “Islomobod deklaratsiyasi” deb nomlanadi. Qayd etilishicha, hujjat ikki davlat muzokara guruhlarining shaxsiy uchrashuvisiz tez orada imzolanishi mumkin. 

 

Shuningdek, 5-iyun kuni muzokaralarning yangi raundi bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.

 

Ayni paytda, Eron ommaviy axborot vositalari ikki davlat o‘rtasida hali ham jiddiy kelishmovchiliklar saqlanib qolayotganini bildirmoqda.

 

Tasnim agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv bandlari bo‘yicha bahslar hanuz hal etilmagan. Xususan, muzlatilgan Eron aktivlarining bir qismi birinchi bosqichdayoq ozod etilmas ekan, hech qanday kelishuv bo‘lmasligi ta’kidlangan.

 

Tehron avval ham aktivlarni ozod qilish bo‘yicha majburiyatlar buzilganini eslatib, har qanday dastlabki kelishuv ushbu aktivlarning kamida bir qismini amalda qaytarish bilan birga kechishi kerakligini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Eron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yon bosganini tasdiqlamayapti. Fars axborot agentligi Donald Trampning bo‘g‘ozni “avvalgi holatiga qaytarish” haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

 

Agentlikka ko‘ra, tomonlar almashgan so‘nggi kelishuv loyihalarida ehtimoliy kelishuvga erishilgan taqdirda ham Hormuz bo‘g‘ozi Eron nazoratida qolishi belgilangan. Shuningdek, Tehron kemalar harakatini urushdan oldingi darajaga qaytarishga rozilik bildirgan, biroq bu “erkin o‘tish” tartibiga to‘liq qaytishni anglatmasligi ta’kidlangan.

custom img

Таиландга 60 кунлик визасиз кириш тартиби бекор қилинди

Мамлакатга кириш визасини онлайн расмийлаштириш талаб этилади.

custom img

Покистонда портлаш оқибатида камида 19 киши ҳалок бўлди

Мазкур портлаш учун жавобгарликни “Балужистон озодлик армияси” гуруҳи ўз зиммасига олди.

custom img

Бангладешда қизамиқ эпидемияси: қурбонлар сони 500 нафардан ошди

2026 йил 15 мартдан 23 майгача мамлакат бўйлаб 62 мингдан ортиқ кишида қизамиқ аломатлари аниқланган.

custom img

Путин ҳам Хитойдан қуруққўл билан қайтди

Россия раҳбари Владимир Путин ҳам Трампдан кейин Хитойга ташриф буюрди. Таҳлилчиларнинг фикрича, Путин ташрифи Трампникидан бошқача бўлган. Икки етакчи учрашуви кўтаринки руҳда ўтган. Аммо, The Moscow Times нашрининг ёзишича, Путин Хитойда қизил гиламда кутиб олган бўлса-да у ҳам бирор каттароқ натижага эриша олмаган.

custom img

АҚШ Исроилни Эрон бўйича музокаралардан четлаштирди — NYT

Нашрга кўра, бу ҳолат сайловлар олдида турган Нетаняхуга сиёсий зарба бериши мумкин.

custom img

Дунёда 2008 йилги иқтисодий инқироз такрорланиши мумкин

АҚШ, Исроил ва Эрон ўртасидаги кескинлик энергия бозорига бевосита таъсир қилмоқда.

custom img

Трамп синглисига суиқасд режлаштирган ироқлик қўлга олинди

Ироқ фуқароси бўлган Муҳаммад Багир Доналд Трампнинг қизи Иванка Трампга қарши суиқасд уюштиришни режалаштирганликда гумон қилинмоқда.

custom img

АҚШ Эбола хавфи туфайли айрим “грин сард” эгалари учун мамлакатга киришни вақтинча чеклади

Аввал бундай чекловлар яшил карта эгалари учун амал қилмаган.

Шаҳодатнома: №1346 Берилган сана: 28.05.2020

Ғоя муаллифи: Фирдавс Фридунович Абдухаликов

Асосчиси: "Master Media Production and Broadcast"