Дунё
Ўзбекистон
Сиёсат
Иқтисодиёт
Hi-Tech
Спорт
Lifestyle
Медиа
Энг долзараб
Махсус рукнлар
ДунёАвг 21, 2021 18:22
Tixanovskaya XVFdan Belarusga  mablag‘ ajratmaslikni so‘radi

 

Tixanovskaya XVFdan Belarusga  mablag‘ ajratmaslikni so‘radi

Belarus muxolifati vakili Svetlana Tixanovskaya Xalqaro valyuta fondidan mamlakat uchun ajratilgan 1 milliard dollarni muzlatishni so‘radi.

 

Tixanovskaya  bu haqda Xalqaro valyuta fondi direktori Kristalina Georgiyeva va AQSH Moliya vaziri Janet Yellenga murojaat qilgan.  U Belarus xalqi nomidan amaldagi hukumatni moliyaviy manbadan mahrum qilishni so‘ragan.

 

Prezidentlikka sobiq nomzodning fikricha, bu mablag‘lar “hukumat tomonidan fuqarolik jamiyatiga qarshi qatag‘onlar uchun sarflanishi mumkin”. Tixanovskaya XVFdan Belarusda qayta prezidentlik saylovlari o‘tkazilmaguncha, unga hech qanday mablag‘ ajratilmasligini so‘ragan.

 

Xalqaro valyuta fondi avgust oyida pandemiyadan keyin jahon iqtisodiyotini tiklash maqsadida 650 milliard dollar ajratgan edi. Bu mablag‘ unga aʼzo barcha mamlakat o‘rtasida  kvotaga asosan taqsimlanadi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Охирги воқеалар

Ҳаммасини кўрсатиш