O'zbekiston

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

2026- yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar, olimlar, tadqiqotchilar va matbuot kotiblari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda  zamonaviy media makonida ayollarning o‘rni, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi faoliyatida ayollarning ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida bugungi kun jurnalist ayollarining ijtimoiy va kasbiy qiyofasini shakllantirish  bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.