“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Standard Chartered o‘rtasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Muzokaralarda O‘zbekistonga uzoq muddatli xorijiy kapitalni jalb qilish, xalqaro kredit bozorlaridagi hamkorlikni kengaytirish va strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilining 16-iyun kuni Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati hamda Standard Chartered bankining Bosh ijrochi direktori janob Sayf Malik boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.