1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib oldimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu holatni rasmiylar texnik nosozlik bilan izohlamoqda.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib oldimi?

Ijtimoiy tarmoqda Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olingani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Qo‘mita holatga rasmiy izoh berdi. 

 

Qayd etilishicha, my3.soliq.uz tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri maʼlumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi kabi) aks etgan.

 

“Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi”, deyidari rasmiy munosabatda. 

 

Qo‘shimcha qilinishicha, pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi, mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика