1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

Bunga kompaniyaning shartnoma shartlarini buzgani sabab bo'lgan.

Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

Tolibon boshqaruvidagi Afg‘oniston Kon va neft vazirligi Xitoyning Afchin kompaniyasi bilan tuzilgan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi. Sabab sifatida kompaniyaning shartnoma shartlarini bir necha bor buzgani ko‘rsatilgan.

 

Amudaryo neft konini qazib olishga oid bu kelishuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan, natijada Afchin o‘z majburiyatlarini bajarmagani aniqlangan. Tolibon xalqaro konsalting kompaniyalarini hisob-kitoblarni aniqlashtirishga jalb etmoqda.

 

Shartnomaga ko‘ra, kompaniya dastlabki yilda 150 million, keyingi uch yilda esa 450 million dollar sarmoya kiritishi kerak edi. Amudaryo havzasida 87 million tonna neft zaxirasi borligi aytilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика