1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

8-sentyabrdan 10-oktyabrgacha profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ ma’lum qilishicha, poytaxtda 8-sentyabrdan 10-oktyabrgacha ichimlik suvi jadval asosida vaqtincha o‘chiriladi. Bu chora 2025-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Xabarga ko‘ra, katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ayrim hududlarda suv bosimi pasayishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Suv ta’minoti to‘xtatiladigan manzillarga maxsus suv tashuvchi mashinalar yuboriladi.

 

Suv o‘chiriladigan mahallalar va vaqtlar jadvali bilan maxsus havola orqali tanishish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti oxirgi marta 7-apreldan 16-maygacha bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari doirasida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика