1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp G‘azodagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi

Netanyaxu bunga rozilik bildirdi, biroq HAMAS hozircha jim.

Tramp G‘azodagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azodagi urushni to‘xtatishga qaratilgan 20 banddan iborat rejasini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, huddudda darhol o‘t ochishni to‘xtatish, garovdagilarni ozod etish va Isroil kuchlarini bosqichma-bosqich G‘azodan olib chiqish rejalashtirilgan.

 

Hujjat G‘azoni demilitarizatsiya qilish, vaqtincha xalqaro nazorat ostidagi texnokratik boshqaruvni joriy etish va infrastrukturani tiklashni nazarda tutadi. Shuningdek, jangarilarga qurolni topshirish yoki xavfsiz tarzda hududni tark etish imkoniyati berilishi aytilgan.

 

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu rejani qo‘llab-quvvatladi, biroq uni amalga oshirish uchun Hamasning roziligi zarurligini taʼkidladi. Tramp esa agar HAMAS buni rad etsa, Isroilga yordam berishini bildirdi.

 

Arab va musulmon davlatlari rasmiylari, jumladan Qatar, Misr, BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Turkiya vakillari Tramp taklifini “o‘rganib chiqish” yoki “qisman qabul qilish” bilan munosabat bildirishdi, baʼzi davlatlar uni ijobiy signal sifatida qabul qildi. Falastin rasmiylari ham avvaliga rejani o‘rganib chiqish niyatida ekanini bildirgan.

 

Rejaning muvaffaqiyati Hamasning pozitsiyasi, Isroilning qarorlari va mintaqaviy davlatlarning vositachiligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика