1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp The New York Times gazetasini sudga berdi

Prezident tahririyatdan 15 mlrd dollar talab qilmoqda.

Tramp The New York Times gazetasini sudga berdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasiga qarshi 15 milliard dollarlik daʼvo arizasi kiritdi.

 

“The New York Times o‘n yillar davomida sizning sevimli prezidentingiz (men haqimda!), oilam, biznesim, “Amerika birinchi o‘rinda” harakati, MAGA va butun mamlakatimiz haqida yolg‘on tarqatib kelmoqda”, — deb yozdi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Shuningdek, u nashrni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z raqibi, o‘sha paytdagi AQSH vitse-prezidenti Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi. Tramp The New York Times‘ni “so‘l radikal demokratik partiyaning ovozi” deb atadi.

 

Avvalroq Tramp bir qator ommaviy axborot vositalariga, jumladan ABC News, CBS telekanallari va The Wall Street Journal gazetasiga ham daʼvo arizalari taqdim etgandi. ABC News va CBS esa prezident bilan sudgacha kelishuvga erishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика