1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan o’zbekistonlik ikki ayol deportatsiya qilindi

Jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston IIV, uning hududiy bo‘linmalari yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari so’ralmoqda.

Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan o’zbekistonlik ikki ayol deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

 

Qo‘lga olingan shaxslar:

 

Muxamedova Barno Xusainovna, 1962 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati;

 

Najmiddinova Nozima Faxriddinovna, 1987 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati.

 

Mazkur jinoyat ishi doirasida jabrlangan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Ichki ishlar vazirligi ta’kidlashicha, jinoyat javobgarligidan qochib, xorijiy davlatlarda yashirinayotgan shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettiriladi va ularning javobgarlikdan qutulib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика