1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qildi

Yaqinda Braziliyaning “Flamengo” klubiga o‘tgan David Luiz o‘z faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Madridning “Real” klubi unga qiziqish bildirgan.

Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qildi

 

 

Qirollik klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti barziliyalik David Luiz bilan shaxsan o‘zi gaplashgan. Klubda Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lmagan mamlakat  futbolchilari uchun ajratilgan o‘rinlar to‘lib qolgani ushbu transferning amalga oshishida asosiy to‘siq bo‘lgan.

 

34 yoshli himoyachi Yevropada “Chelsi”, “PSJ” va  “Arsenal” jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan. U, ayniqsa, “Chelsi”da muvaffaqiyatli o‘ynagan.  

 

Maʼlumot uchun: Luiz o‘tgan hafta oxirida Braziliyaning “Flamengo” klubiga o‘tgan, tomonlar kelasi yilning so‘nggiga qadar shartnoma imzolagan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Muhammad Saloh “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard rekordini takrorlagani haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика