Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida mersisaydliklar Italiyaning “Milan” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yurgen Klopp shogirdlari o‘yinida Muhammad Saloh ham gol urdi.
Mutaxassislarning fikricha, “qizillar”ning 29 yoshli hujumchisi katta ehtimol bilan «Stivi Ji» rekordini yangilaydi.
Maʼlumot uchun: Muhammad Saloh joriy mavsum barcha turnirda 4 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin “Barselona” Rodrigaoni sotib olmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov


