1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga tayyor — Jo Bayden

AQSH rasmiylari 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga tayyor. Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden Oq uyda qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

AQSH 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga tayyor — Jo Bayden

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu toifadagi barcha bolalarni emlash uchun vaksinalar yetarli.

 

Uning aniqlik kiritishicha, rasmiylar hozirda AQSH Sog‘liqni saqlash va odamlarga xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi, shuningdek, Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari mutaxassislarining yakuniy tasdig‘ini kutmoqda.

 

"Bir necha hafta ichida ular qaror qabul qilishlari kerak", dedi Bayden. — Аgar tasdiqlansa, bolalarni emlash ota-onalar uchun qulay tarzda tashkil qilinadi, — deb vaʼda berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida Pfizer besh yoshdan oshgan bolalarni emlash uchun xavfsiz ekani maʼlum qilingandi.

 

Bundan avval Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarining ikkinchi bosqichini o‘tkazishga ruxsat bergani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика