Maʼlum bo‘lishicha, myunxenliklar yozda futbolchi agentlari bilan bog‘langan, lekin kelishuvga aniqlik kiritilmagani sababli muzokaralar keyinga qoldirilgan.
“Bavariya” rahbariyati endi londonliklarning 25 yoshli forvardini o‘z vataniga qaytarish uchun harakat qilib ko‘radi.
Maʼlumot uchun: Verner 2020-yilda «RB Leypsig»dan “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha bo‘lib, transfer narxi 53 million yevroga baholangan.
Muxlislarda omadsiz futbolchi sifatida taassurot qoldirayotgan Timo ushbu mavsum “APL”ning 3 o‘yinida maydonga tushdi. Lekin futbolchi hali gol urushga muvaffaq bo‘lgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Agueroning “Barselona”dagi faoliyati haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov


