
“Nima uchun Messi transferidan so‘ng mening ketishim haqida gapirishgani tushunarsiz holat. Leoning ketishi mening “Barselona”da o‘ynash istagimga taʼsir qilgani yo‘q. Har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham ushbu grant jamoaga o‘tishni xohlardim. Hatto ish haqqini kamaytirish haqida aytilganida ham, hech ikkilanmay rozi bo‘ldim. Afsonaviy klubda yangi tarix yaratishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman”, — deydi Kun Aguero o‘z nutqida.
Aytish joizki, “shaharliklar” afsonasi katalonlar safiga argentinalik do‘sti bilan bir klubda o‘ynash istagida o‘tgan edi. Lekin transferdan 10 kun o‘tib Leo jamoani tark etdi. O‘z navbatida, bu futbol jamoatchiligining keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda orzusiga yetolmagan Kunning “ko‘k-anorranglilar” safini tark etish niyati borligi haqida fikrlar bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Aguero “Barsa”ning mashg‘ulotlarga bo‘lgan yondashuvidan norozi ekani haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov


