1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbon davlat nomi maʼlum bo‘ldi

AIBA 2021-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilishini eʼlon qildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qildi.

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbon davlat nomi maʼlum bo‘ldi

 

 

Musobaqa dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bahslarning aniq sanasiga yaqin kunlar ichida aniqlik kiritiladi.

 

Maʼlumot uchun, ushbu jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 2,4 million AQSH dollarini tashkil etadi. Oltin medal sohibalari 100 ming, kumush 50 ming, bronza egalari esa 25 ming dollardan mukofot puliga ega chiqishadi.

 

Bundan avval harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati natijalari eʼlon qilingani va ushbu raqobatda qashqadaryolik talaba haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика