Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2026 yilning o‘rtasiga qadar amal qiladi. Kelishuv narxi qancha ekanligi hali oshkor qilinmagan. Lekin ko‘plab OAVlarning bergan maʼlumotiga ko‘ra, Goreskaning maoshi yiliga 12-15 million yevroni tashkil qiladi.
26 yoshli futbolchi 2018 yilning yozidan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirda uning transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, Leon Goreska Germaniya “Bundesliga”sining joriy mavsumida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hali yaxshi o‘yin ko‘rsata olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Son Xyon-Min bolaligida «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilgani haqida xabar bergandik.
Maqsadjon Obidjonov


