1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bolaligimda "Manchester Yunayted" muxlisi bo‘lganman — Son Xyon-Min

“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon-Min bolalik paytida nima uchun «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilgani haqida gapirdi.

Bolaligimda "Manchester Yunayted" muxlisi bo‘lganman — Son Xyon-Min

 

 

"Qizil iblislar»ga bolaligimdayoq muxlis bo‘lganman. Chunki men va barcha koreys bolalarining sevimli futbolchisi bo‘lgan Pak Ji Sun ana shu klubda o‘ynagan. Ji Sun bizning milliy qahramonimiz edi. U ko‘plab koreys bolalariga o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otgan. Chunki u Angliya chenpionatida o‘ynagan ilk koreys edi.

Shu bois bo‘lsa kerak "Manchester Yunayted»da o‘ynashni orzu qilganman, lekin hozir unday emas. Men hozirda “shporlar” bilan baxtliman”, — deydi Son.

 

Maʼlumot uchun: Pak Ji Sun 2005-2012 yillar oralig‘ida "Manchester Yunayted" jamoasi sharafini himoya qilgan. Ushbu vaqt oralig‘ida u 4 bor Angliya chempioni bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval David Luizning “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика