O‘yinda braziliyalik hakam Peru terma jamoasi foydasiga bir qator noaniq qarorlar qabul qilgan. Uchrashuvdan so‘ng Messi Sampayoga shunday murojaat qilgan: “Bu hakam bizning o‘yinlarimizda qasddan shunaqa qarorlar qabul qilayotganga o‘xshaydi”.
Taʼkidlash joizki, argentinalik futbolchilar braziliyalik Sampayoning o‘z jamoasiga bo‘lgan xayrixohligi haqida bir necha bor shikoyat qilgan. Bundan tashqari, Amerika Kubogi – 2021 doirasida Ekvador termasi bilan chorak final uchrashuvi 3:0 hisobida Argentina termasi foydasiga hal bo‘lganiga qaramay, hakam bir qator bahsli qarorlar qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina – Peru uchrashuvida argentinaliklar 1:0 hisobida ustun keldi.
Avvalroq, “PSJ” Messining maoshi haqidagi mish-mishlarni rad etgani va Messi va Fransiya prezidenti Mbappeni Parijda qolishini istayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


