“Futbolda har qanday vaziyatni kutish mumkin. “Manchester Yunayted” – “Liverpul” o‘rtasidagi bahs juda qiziqarli tarzda o‘tishi shubhasiz. Menimcha, “mankunianliklar” so‘nggi natijalaridan norozi. Ammo biz bilamizki, ular har doim, har qanday holatda aql bovar qilmaydigan o‘yin namoyish qila oladi. Biz bunga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. “Liverpul” iloji boricha ehtiyot bo‘lib o‘ynashga harakat qiladi”.
Eslatib o‘tamiz, Angliya premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Liverpul” uchrashuvi ertaga, 24 oktyabr kuni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi va UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


