Siyosat

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida do‘stlik jamiyati tuzildi

Bu 41-do‘stlik jamiyatidir.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida do‘stlik jamiyati tuzildi

 

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida do‘stlik jamiyati tuzildi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi xabar berdi.

 

“Belarus-O‘zbekiston” jamiyati Belarus xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyatida tuzildi. U 41-davlat do‘stlik jamiyatiga aylandi.

 

Uchrashuvda Belarus xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova taʼkidlaganidek, jamiyatni tashkil etish O‘zbekiston madaniyati, tarixi va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.

 

“O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida Belarus alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi geografik masofaga qaramay, hamkorlik jadal rivojlanmoqda, ikki do‘st mamlakat xalqlari juda yaqin va ko‘p umumiyliklarga ega”, — deydi O‘zbekistonning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.

 

Avvalroq “Do‘stlik” uyida bir qator belarus-o‘zbek uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan va Belarus tomonining O‘zbekistonga, jumladan, adabiyot va sanʼat sohasiga katta qiziqishi borligini tasdiqladi.

 

Jamiyat boshqaruvi tarkibiga turli faoliyat sohalari vakillari kiritilgani ikki munosabatlarning faol rivojlanishini nazarda tutadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari Yermek Kosherbayevni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport, energetika hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

custom img

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Buxorodagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

“Shoyigul” brendi ostidagi tikuv-trikotaj mahsulotlari asosan Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlariga eksport qilinmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon birgalikda konsert tomosha qildilar

Qoʻshma chiqishlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi madaniy anglashuv va maʼnaviy yaqinlik ramzi boʻldi.

custom img

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Yangi binoda elchixona, konsullik bo‘limi va diplomatlar uchun turar-joylar mavjud.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston muzokaralari yakunida qator muhim bitimlar imzolandi

Tomonlar tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda investitsiya hamkorligini kengaytirishga kelishib oldi.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdi

Davlatlar oʻrtasida yangi ishlab chiqarish loyihalari boshlandi, shuningdek, Yangi Toshkentdagi ko‘chaga Dushanbe nomi berildi.

custom img

Donald Trampdan Shavkat Mirziyoyevga maktub keldi

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda G20 sammitiga taklif etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"