Eron ayrim kemalarga Hormuz bo‘g‘ozidan o'tishiga ruxsat berdi
Kemalar maxsus protokollar va belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bo‘g‘ozdan o‘tadi.

Eron hukumati gumanitar yordam va hayotiy zaruriy tovarlarni tashiydigan kemalarning Hormuz bo‘g‘ozidan Eron portlariga xavfsiz o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Eron Qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida aytilishicha, gumanitar va oziq-ovqat yuklarini olib ketayotgan kemalar maxsus protokollar va belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bo‘g‘ozdan o‘tishlari mumkin. Hujjatda, shu jumladan, hozir Ummon ko‘rfazida bo‘lgan kemalarning harakati ham rasmiylar bilan muvofiqlashtirilishi kerakligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga havo hujumlaridan so‘ng, Tehron Hormuz bo‘g‘ozini amalda yopgan edi. Shu bilan birga, ushbu bo‘g‘oz dunyo neft va gaz ta’minotining beshdan bir qismini tashkil qilishi sababli, uning qayta ochilishi global energetika barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Eron hukumati va qurolli kuchlari tranzitni tasdiqlab, zarur barcha xavfsizlik choralari va protokollarni ishlab chiqdi. Shu tariqa, gumanitar yuklarni tashiydigan kemalar xavfsiz ravishda Eron portlariga yetib borishi ta’minlanadi.








