Qarshida sobiq MFY raisi fuqarolar nomiga qariyb 200 mln so‘mlik kredit rasmiylashtirgani aniqlandi
Sobiq rais va uning o‘g‘li olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning imzolarini soxtalashtirgan va onlayn savdo do‘konlaridan kredit evaziga maishiy texnika olgan.

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV
Avvalroq fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirining O‘zbekistonda Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi
Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?
Farg‘ona vodiysida yaqin kunlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqidagi xabarlarga O‘zR Fa oydinlik kiritdi.

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi
Yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1,6 trillion so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetkaziladi.

