Murabbiy jamoasi bilan mazkur bahsda ikki yuzinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Yurgen Kloppga 200 ta g‘alaba qozonish uchun 331 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Ilgari hech qaysi murabbiy bu ko‘rsatkichga shunchalik tez erisha olmagan. Avvalgi rekord afsonaviy Kenni Dalglishga tegishli edi. U 333 uchrashuvda 200 ta g‘alaba qozongan. Bu reytingda uchinchi o‘rinni Bob Peysli (345) egallagan.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 9-turda 21 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi, “Manchester Yunayted” esa atigi 14 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq Yurgen Klopp “Manchester Yunayted” – “Liverpul” o‘yini oldidan fikr bildirgani va Yurgen Klopp bilan Jeyms Milner qanday janjallashib qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


