1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Kristenson Londonda qolmoqchi

Angliyaning “Chelsi” klubi daniyalik himoyachi Andreas Kristenson bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi.

Kristenson Londonda qolmoqchi

 

Futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi: tomonlar ikki oydan buyon kelishuvga erisha olgani yo‘q. Daniyalik futbolchi Londonda qolishni istamoqda. Hozirgi kunda himoyachi Angliya premyer-ligasida olti uchrashuvda ishtirok etdi. Kristensonning “Chelsi” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Kristenson 2014 yildan beri “Chelsi” safida o‘ynab kelmoqda. U klub tarkibida Angliya kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

 

Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchiligi va Klopp “Liverpul” tarixida yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика