1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qoldi

Ispaniya chempionatining ikki klubi bir kunda jamoa bosh murabbiylarini isteʼfoga chiqardi.

La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qoldi

 

Dastlab “Levante” klubi jamoa bosh murabbiyi Pako Lopes bilan kelishuvni bekor qilganini eʼlon qildi. Lopes qo‘l ostida “Levante” o‘tgan 8 o‘yinda birorta ham g‘alabani qo‘lga kirita olmadi va so‘nggi uchta o‘yinda raqib darvozasiga bitta ham to‘p kiritolmay, mag‘lubiyatga uchradi. Klub hozirda turnir jadvalida 4 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi. Pako 2018-yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi.

 

Xetafe” klubi ham jamoa bosh murabbiyi Michel Gonsalesni isteʼfoga chiqardi. Klubda 4 oydan buyon  ishlayotgan ispaniyalik mutaxassis La Liga doirasida o‘tgan 8 turda jamoasi bilan 7 ta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etdi. “Xetafe” turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, “Xetafe” klubini jamoaning sobiq murabbiyi Kike Flores boshqarishi kutilmoqda.

 

Avvalroq Goreska “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirgani va Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика