“Messi bilan biz feyr-pleyga mos kela olmadik. Uning shartnomasini mehnat xarajatlariga kiritish uchun bizda mablag‘ yo‘q edi. Ochig‘ini aytganda, klubda Messini “Barselona”da olib qolish uchun mablag‘ yetarli emas edi. U o‘z takliflarini aytdi. Biz uni olib qolishga harakat qildik”.
Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Messi Fransiyaning “PSJ” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ikki tomon kelishuviga asosan shartnoma yana bir mavsum uzaytirilishi mumkin. “Barselona” esa 5 avgust kuni Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini bildirdi.
Avvalroq “Real Madrid” 1 yanvargacha Mbappeni qo‘lga kiritmoqchi ekanligini va La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


