“Yanvar oyida biz Mbappa haqida yangiliklarga ega bo‘lamiz. Umid qilamizki, 1-yanvargacha Mbappe bilan bog‘liq masala hal bo‘ladi”.
Eslatib o‘tamiz, Mbappening “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Kilian 2017 yildan beri “PSJ”da o‘ynab kelmoqda. Bundan oldin u “Monako” klubi sharafini himoya qilgan. Yozda Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini qabul qilmadi. Bundan avval Mbappe parijliklar rahbariyatidan uni shu yil yozda qo‘yib yuborishni so‘raganini aytgan edi.
Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi Fransiya 1-ligasining 9 ta o‘yinida qatnashib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani va Yurgen Klopp bilan Jeyms Milner qanday janjallashib qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


