Qatarning “Al-Sadd” klubi murabbiyi Xavi “Barselona” rahbariyatining “Ko‘k anorranglilar” ustozi bo‘lish taklifiga rozi bo‘ldi. Bir muddat vaqt ichida tomonlar bir nechta muammoni hal qilishi kerak. Birinchidan, Xavi “Al-Sadd” bilan amaldagi shartnomani bekor qilishi, ikkinchidan, ispaniyaliklar bilan birga ishlaydigan yangi murabbiylar shtabi borasida kelishib olishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2020 yil avgust oyida gollandiyalik Ronald Kuman bilan shartnoma imzolagan edi. 2020/2021 yilgi mavsumda Kataloniya klubi Kuman boshchiligida Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va chempionatda 3-o‘rinni egalladi. Kecha klub gollandiyalikni ishdan bo‘shatgan edi.
Avvalroq Konte “Qizil iblislar”ni boshqarmoqchi ekanligi va Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


