1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha tarbiyachilarining oyligi oshadi

Ularning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha tarbiyachilarining oyligi oshadi

 

Davlat rahbarining 2023 yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi.

 

Shundan kelib chiqilsa, bakalavr diplomiga ega bog‘cha tarbiyachilarining maoshi 2 mln so‘mdan oshirilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика