1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-iyundan shifokorlarning oyligi oshiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

1-iyundan shifokorlarning oyligi oshiriladi

 

“Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

 

—  oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 15 foizga;

— ikkinchi malaka toifasi va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 10 foizga;

— tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15 foizga oshiriladi.

 

Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffisiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.

 

2022-yil 1-iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

 

— birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalar, sanitariya-epidemiologik xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologiya, ruhiy, narkologiya, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan muassasalarda – umumiy xarajatlarning 10 foizi;

 

— respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida – umumiy xarajatlarning 5 foizi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика