1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-martdan benzin narxi oshishi kutilmoqda

Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.

1-martdan benzin narxi oshishi kutilmoqda

 

O‘zbekistonda 1 martdan boshlab AI-80 rusumli avtobenzin narxi ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Prezident qarori bilan 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanishi belgilangandi.

 

Shuningdek, 2022 yil 9 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida birja seksiyasi orqali AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini sotish narxining o‘sishi birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan ko‘pi bilan 5 foizgacha miqdorda belgilangan.

 

Natijada 2022 yil 1-12 dekabr kunlari 1 tonna AI-80 rusumli avtobenzin uchun o‘rtacha birja narxi 8 096 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 13 dekabrdan boshlab 6 295 ming so‘mni tashkil qilgan yoki 1 801 ming so‘mga arzonlashgan.

 

O‘z o‘rnida AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning narxi o‘rtacha 6 800 – 7 500 so‘mdan 5 700 – 6 000 so‘mgacha yoki o‘rtacha 1 100 so‘mga arzonlashgan.

 

Aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanishi va birja savdolarida “spred” joriy etilishi davrida (2022 yil 12 dekabr – 2023 yil 22 fevral) respublika isteʼmolchilariga 386 ming tonna (o‘rtacha kunlik 5 300 tonna), o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga ko‘p AI-80 rusumli avtobenzin yetkazib berilgan.

 

2023 yil 1 martda yuqoridagi tartiblarning amal qilish muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aksiz solig‘i hisoblanishi va birjada narxlarning erkin (o‘sish darajasi cheklanmasdan) shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda.

 

Bunda1 martdan boshlab birja savdolariga joylashtiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boshlang‘ich narxi 6 863 000 so‘mdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 so‘mdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar o‘rtacha 8 150 000 so‘mni (1 litr uchun 6 100 so‘m) tashkil etishi kutilmoqda.

 

Narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan shakllanadi.

 

Maʼlumot uchun: Respublika hududida 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida ob-havo harorati keskin sovib ketishi hamda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy etilganligi aholining AI-80 rusumli avtobenziniga bo‘lgan talabi taklifga nisbatan keskin oshishiga olib keldi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика