1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-martdan boshlab ochiq havoda niqob taqish tartibi bekor qilinadi

Bu bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori e’lon qilindi.

1-martdan boshlab ochiq havoda niqob taqish tartibi bekor qilinadi

 

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamayayotgani bois avval joriy etilgan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalalari ko‘rib chiqilib, joriy yilning 1-martidan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berildi.

 

Shuningdek, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqarolarning ijtimoiy masofasini ta’minlash qiyin bo‘lgan joylarda: 

– jamoat transportida, 
– yirik savdo do‘konlarida, 
– ta’lim muassasalarida, 
– davlat va nodavlat idoralarida, 
– masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroylari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etilgan.

 

Sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lishidan qat’i nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика