1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaktsiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.

1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati IIBB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 milliard so‘mlik sintetik giyohvandlik vositasini tarqatish (sotish) maqsadida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

 

2002 yilda tug‘ilgan shaxs (A.t.) o‘zining Tracker avtomashinasida og‘irligi 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика