
Unda aytilishicha, endilikda avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishdan tashqari, 10 foiz chegirmaga ham beriladi.
Shuningdek, haydovchilarga yana bir maʼqul jihati, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi!
Qolaversa, yagona portalda, shuningdek, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.
Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi o‘zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda BEPUL o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtotransport vositalari tonirovka qilish bo‘yicha yangi tartib belgilangandi.
Bahriniso Madumarova


