1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-sinf o‘quvchilari uchun yangi fan joriy etiladi

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy yildan o‘tilishi ko‘zda tutilmoqda.

1-sinf o‘quvchilari uchun yangi fan joriy etiladi

 

Joriy o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 1-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etiladi.

 

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023 yil 15 may kungi "Umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi 125-sonli buyrug‘ida nazarda tutilmoqda.

 

Unga ko‘ra, Respublika taʼlim markazi bir hafta muddatda 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat taʼlim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritadi.

 

Shuningdek, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari fani”ni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqadi.

 

2023 yilning 25 avgustiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘qituvchilarga sertifikat beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика