2022-2023 o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanishi maʼlum qilindi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.
Maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar amalga oshiriladi.
Umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15-avgust kunlari tashkil etiladi.
Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda olib boriladi.


