Yangi o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani joriy etiladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab, 1-sinflarda jismoniy tarbiya darsi haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 15-may kungi «Umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 125-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan.


