1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

1-yanvardan to‘lov tizimida nimalar o‘zgaradi?

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yangi Qaror loyihasi e’lon qilindi.

1-yanvardan to‘lov tizimida nimalar o‘zgaradi?



1-yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi.


Loyihaga ko‘ra, elektr tarmoqlariga ulanish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari o‘rnatish ishlari 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuridik iste’molchilarning va 2024-yil 1-apreldan boshlab maishiy iste’molchilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.



2024-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi.


2024-yil 1-yanvardan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilmagan yuridik iste’molchilarga hisob-kitob yetkazib berilgan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koyeffisentda hamda ta’minot korxonasiga oldindan to‘lovsiz yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 10 foiz miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash tizimi joriy etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика