1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi

U qator jinoyatlarda ayblangan

10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi

 

Turkiyada bir qancha jinoiy ishlarda ayblanib qidiruvga berilgan Xaticha Musayevna Jafarova qo‘lga olindi. Bu haqida O‘zbekistonningi Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi. 1951-yilda tug‘ilgan ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan va bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

U 2011–2013 yillarda O‘zbekistonda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalar mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, 2014-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика